menu
“Real” “Manchester Siti”ga, “PSJ” esa “Barselona”ga qarshi. Yevropa Chempionlar Ligasining 1/4 finaliga qur’a tashlandi 
Jamoalar keyingi bosqichdagi raqiblari nomini bilib oldi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimi 15-mart, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Chorak final juftliklar quyidagi ko‘rinishni oldi:

1/4 finalning dastlabki o‘yinlari 9 va 10-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob bahslari esa 16 va 17-aprelga belgilangan.

Yarim finalda “Atletiko Madrid” — “Borussiya D” juftligi g‘olibi “PSJ” — “Barselona” juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. “Arsenal” — “Bavariya” bahsida g‘alaba qozongan klub “Real Madrid” — “Manchester Siti” juftligidagi g‘olibga qarshi bahs olib boradi.

Yarim finalning dastlabki bahslari 30-aprel va 1-may kuni bo‘lib o‘tsa, javob uchrashuvlari 7 va 8-mayga belgilangan.

2023/24-yilgi mavsum finali esa 1-iyun kuni Londonning “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!