qarashlar
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yangi suv ombori qurilmoqda. Obyekt To‘lebi tumanida 13 gektar maydonni egallaydi.
Suv omborida million kub metr yomg‘ir va buloq suvi saqlanadi. Loyihaning amalga oshirilishi dolzarb muammoga – Kemekalgan qishloq okrugida sug‘orish suvi yetishmovchiligiga yechim topadi. Suv tanqisligi sharoitida ko‘plab qishloq aholisi hatto bog‘laridan voz kechishga majbur bo‘lgan.
Suv omborini qurish uchun byudjetdan bir milliard 123 million tenge (taxminan 2 million 493 ming dollar) ajratishga qaror qilingan.
Sun’iy suv ombori tufayli sug‘oriladigan yerlar qatoriga yana 360 gektar maydon qo‘shiladi. Fermerlar sug‘orish uchun qo‘shimcha manbaga ega bo‘ladi, hosildorlik oshadi.
Yangi suv ombori shunchaki muhandislik inshooti emas. Suv kelishi bilan qishloq aholisi yana kartoshka, piyoz, makkajo‘xori yetishtirishni yo‘lga qo‘yib, tomorqa maydonini ko‘paytirish niyatida.
Comments
0 comment