qarashlar
Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyotining qora qutisi Aqtauda topildi. U jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi. Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari aviahalokat sabablarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Transport vaziri Marat Qaraboyevning aytishicha, aviahalokatda jami 38 kishi halok bo‘lgan. Samolyot ekipajining besh a’zosidan uch nafari omon qolgan, ikki nafari vafot etgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Qanat Bozumbayev halokatning hatto dastlabki sabablarini ham keltirmadi. U samolyotdagi teshiklarning fotosuratlarini ko‘rgani va ular o‘q teggan izlarga o‘xshashini aytdi.
Qozog‘istondagi aviahalokat
Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25-dekabr kuni ertalab Qozog‘istonning Aqtau shahrida halokatga uchradi. Dispetcherlar Grozniy va Maxachqal’ada qo‘nishni rad etganidan keyin layner majburiy qo‘nishni amalga oshirishga urindi. Aqtau aeroportiga bir necha kilometr qolganda u qulab tushdi, portlab, yonib ketdi. Burun qismi to‘liq yonib ketgan, dum qismida esa omon qolganlar bor.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 29 nafar tirik qolgan yo‘lovchi aynan shu qismda bo‘lgan. Ular kasalxonaga olib kelingan. Ozarbayjon prokuraturasi halokat paytida 32 kishi omon qolganini ma’lum qildi, ammo bu yakuniy ma’lumot emas.
Comments
0 comment