menu
Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi
Ostonada 9—10-mart kunlari 8—11-sinf o‘quvchilari uchun “Zakovat” o‘yini bo‘yicha Astana Open xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston jamoasi 9—10-mart kunlari Ostona shahrida o‘tkazilgan 8—11-sinf o‘quvchilari uchun “Zakovat” o‘yini bo‘yicha Astana Open xalqaro festivalida g‘olib bo‘ldi. 

Festivalda Qozog‘iston va O‘zbekistondan jami 27 ta maktab jamoalari ishtirok etdi. Ikki kunlik festival doirasida Musiqiy xamsa, Erudit-kvartet, Shaxsiy o‘yin va “Zakovat” bo‘yicha bellashuvlar olib borildi.

“Zakovat” o‘yinida 1-o‘rinni Pop tumanidagi 67-IDUMning “Geksagon” jamoasi egalladi. Mazkur jamoa 2023-yili Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Shuningdek, “Zakovat” o‘yinida 3-o‘rinni ham O‘zbekistondan borgan jamoa — Sehriyo School maktabining Vorpal Swords jamoasi egalladi.

O‘zbekistonning yana bir jamoasi — International Talent Academy taʼlim muassasasining “Akademiya talantov” jamoasi Erudit-kvartet bahslarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonliklar Shaxsiy o‘yin bahslarida ham medallarni qo‘lga kiritdi. 2- va 3-o‘rinlar “Akademiya talantov” jamoasi aʼzolari — Yegor Dyomin hamda Sofya Korzikka nasib etdi.

Musobaqada sovrindor bo‘lgan har uchala jamoa ham “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan o‘tkazib kelinadigan “Zakovat” bo‘yicha O‘quvchilar ligasi, “Zakovat: Shkolnaya liga” va boshqa bir qator musobaqalarda muntazam qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallab keladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!