qarashlar
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘iga muvofiq mamlakatda Navro‘z bayrami 10 kun davomida nishonlanadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi madaniyat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sabit Barliboyev xabar berdi.
“Uning maʼno va mazmunini yanada boyitib, har yili 14—23-mart kunlari o‘tkaziladigan “Navro‘znoma” o‘n kunligini eʼlon qilish taklif etildi. Navro‘z bayramining yagona logotipi ham tasdiqlanib, mamlakatimizning barcha hududlariga jo‘natildi. Tarixga nazar tashlasak, Yangi yil bayrami 8-9 kun davom etgan va “Navro‘znoma” deb nomlangan”, — dedi Sobit Barliboyev va o‘n kunlik haqida batafil ma’lumot berdi.
Bundan tashqari, 14—23-mart kunlari “Navro‘z-bozorlik” mavsumi e’lon qilinadi. Shu kunlarda chakana savdo nuqtalarida ommaviy savdo-sotiq imkoniyatlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Comments
0 comment