menu
Qozog‘istonda aholisi 10 mingdan oshgan qishloqlar shahar maqomini olishi mumkin
Qo‘shni respublikada 10 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan 112 ta qishloq mavjud

Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Nurlan Baybazarov 10 mingdan ortiq aholisi bor qishloqlar shahar maqomini olishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 10 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan 112 ta qishloq bor.

Unga ko‘ra, tegishli normaga ega qonun 2021-yilda kuchga kirgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!