qarashlar
Qozog‘istonda 25-dekabr kuni Bokudan Grozniyga uchayotgan samolyot qulab tushdi. Qurbonlar soni rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, ularning soni 30 kishidan oshmoqda. Mazkur fojia mamlakatda avval sodir bo‘lgan aviahalokatlarni yodga solmoqda. Quyida 1941-yildan buyon qo‘shni respublikada kuzatilgan aviahalokatlar haqida ma’lumot beramiz.
2024-yil
9-noyabr kuni Mi-8 vertolyoti Aqto‘be viloyati Sarijar qishlog‘i yaqinida o‘quv-mashg‘ulot parvozi paytida qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot bortida uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ulardan biri halok bo‘lgan, ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan. Aviahalokat sababi texnik nosozlik.
25-dekabr Aqtau shahrida Bokudan Grozniyga uchayotgan bortida 69 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Aviahalokatni aniqlash uchun komissiya tuzildi, 29 kishi omon qolgan.
2023-yil
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida samolyot o‘quv parvozi vaqtida qulab tushdi, ikki kishi halok bo‘ldi. O‘quv parvozi chog‘ida P2002 rusumli UPLA286 samolyoti havoga ko‘tarilgandan so‘ng aloqaga chiqmadi.
2022-yil
Qozog‘istonda bu yilda faqat bitta aviahalokat sodir bo‘lgan. Fevral oyida sanitariya reysini amalga oshirayotgan samolyot yonib ketgan. Bortda ekipajning ikki a’zosi va bir shifokor bor edi. Halokat oqibatida qurbonlar qayd etilmagan.
2021-yil
Atigi uchta aviahalokat sodir bo‘lgan. Bortida olti kishi bo‘lgan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik xizmati harbiy samolyoti halokatga uchragan, to‘rt kishi halok bo‘lgan. Qolgan ikkita halokat odam o‘limiga olib kelmagan va ular ham yo‘lovchi reyslariga aloqador emas.
Buni hali ham juda kam uchraydigan holatlar qatoriga kiritish mumkin, chunki o‘sha yili Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyodagi ichki va xalqaro aviaparvozlar soni 16,4 millionni tashkil etgan.
Qozog‘istonda esa 1941-yildan 2022-yilgacha harbiy va qishloq xo‘jaligi samolyotlari ishtirokida 89 ta aviahalokat sodir bo‘lgan. Bu yiliga o‘rtacha bitta halokatdir.
Eng ko‘p halokatlar soni — to‘rtta bo‘lib, faqat bir marta, 1976-yilda kuzatilgan. 80 yildan ortiq vaqt davomida Qozog‘iston hududida sodir bo‘lgan aviahalokatlarda 804 yo‘lovchi halok bo‘lgan. Statistikaga Qozog‘istonda 25-dekabr kuni yuz bergan aviahalokat qurbonlari soni kiritilmagan.
Tijorat samolyotlarining faqatgina uchta halokati barcha o‘limlarning 43 foizini tashkil etdi. Bular sovet yo‘lovchi samolyotlari — Tu-134, Tu-104 va Tu-154 edi.
Boshqa samolyotlarga qaraganda tez-tez halokatga uchraydigan, ammo doim ham qurbonlarga olib kelmaydigan modellar asosan yuk tashishga ixtisoslashgan “Antonov” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Avariyalar soni bo‘yicha An-2R qishloq xo‘jaligi samolyoti rekord o‘rnatgan. Uning hissasiga 18 ta avariya va 26 ta o‘lim to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ro‘yxatdagi boshqa samolyotlar 10 tadan kam avariyaga uchragan.
Comments
0 comment