menu
Qozog‘iston va O‘zbekiston bir-birining hududiga suv hisoblagichlar o‘rnatadi
Bu har ikki davlat tomonidan isteʼmol qilinadigan suv hajmini onlayn nazorat qilish imkonini beradi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ikki davlat tomonidan iste’mol qilinadigan suvning aniq hajmini hisoblash imkonini beruvchi hisoblagichlarni o‘rnatishga kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston O‘zbekiston hududiga va aksincha suv hisoblagichlar o‘rnatish, onlayn tarzda ma’lumotlar almashish rejalashtirilgan. Qozog‘iston O‘zbekistonda to‘plangan ma’lumotlardan, O‘zbekiston tomoni esa qo‘shni respublikadagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. 

Hozirda har ikki davlat mutaxassislari suv hisoblagichlari qayerga o‘rnatilishini hal qilmoqda. Ularni ushbu loyihaga jalb etish yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurjigitov Qizilo‘rda viloyati fermerlari bilan uchrashuvda O‘zbekiston bilan kelishuvlar haqida gapirgandi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mart oyida Sirdaryo bo‘ylab soniyasiga 800 kub metr suv oqib o‘tadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!