menu
Qozog‘iston gerbini o‘zgartirish taklif qilindi 
Hozirgi gerb kelajakka yo‘nalishni aks ettirmayotgani, qadriyatlar haqida gapirmayotgani ta’kidlanmoqda

Qozog‘istonda “Jana Adamdar” yoshlar harakati mamlakat aholisini yangi gerb haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Yoshlar harakatiga ko‘ra, bir tarix va an’ana bilan yashayotgan odamlarni azaldan umumiy ramzlar birlashtirib kelgan. Qozog‘istonliklar uchun mamlakat gerbi ana shunday ramzga aylandi.

Harakat faollarining fikricha, Qozog‘iston taqdirini davlat chegaralari belgilaydi. Aholiga nafaqat omon qolish, balki erkinlik, qadr-qimmatni saqlash va dunyoda o‘z o‘rnini egallash imkonini beradigan shart-sharoitlarni yangi gerb birlashtirishi kerak.

Qozog‘iston respublikasining gerbi 1992-yil 4 iyunda tasdiqlangan. Shundan so‘ng, u bir necha bor o‘zgartirilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!