menu
Qozog‘iston davlat qarzi miqdori ma’lum bo‘ldi 
O‘tgan yili qozog‘istonlik deputat davlat qarzi hajmi byudjetning 40 foizini tashkil etgani sababli ma’lum xavflar yuzaga kelishini aytgandi

Qozog‘iston moliya vaziri Madi Takiyev mamlakatning davlat qarzi miqdori haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Takiyevning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvar holatiga asosan davlat qarzi 27 trillion tengeni (salkam 59 milliard 803 million dollar) tashkil qilgan.

2023-yil qozog‘istonlik deputat Yerlan Sairov Qozog‘iston davlat qarzi hajmi umumiy byudjetning 40 foizini tashkil etishini aytib, bu ma’lum xavflarni yuzaga keltirishini ta’kidlagandi. 

U hukumat davlat qarzi hajmini oshirmaslik choralarini ko‘rayotganini qo‘shimcha qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston davlat qarzi 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 31,5 mlrd AQSH dollarni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni tashkil etgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonning davlat qarzini “mo‘tadil” deya baholagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!