menu
“Qo‘yliq” dehqon bozori faoliyati rasman tugatildi
Yil boshida bozor rekonstruksiyaga yopilgani haqida xabarlar tarqalgan edi

“Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ faoliyati rasman tugatildi. Bu haqdagi maʼlumot Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portalida mavjud

2024-yili boshida bozor rekonstruksiyaga yopilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

“Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” rasmiy saytida 1-mart kuni berilgan xabarga ko‘ra, 2024-yil 29-fevraldan jamiyat aksiyadorlarining qaroriga ko‘ra ixtiyoriy tugatilmoqda.

Eslatib o‘tmiz, poytaxt hokimligi 2021-yil dekabrda “Qo‘yliq” bozori ko‘chirilishi haqida xabar bergan edi. Bunda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsad qilingani taʼkidlangan. Mazkur eʼlondan so‘ng bozor buzilishidan norozi odamlar ko‘chaga chiqqan, turli nizolar yuz bergandi. Keyin bozor “Qo‘yliq”dan 6,5 kilometr uzoqlikda joylashgan Food City savdo majmuasiga ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqaldi

2022-yil iyunda sobiq shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bozor hududi yo‘l o‘tkazgich qurilishi sabab davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga ruxsat bergan qaror qabul qilgan. Muhokamalar avj olgach, hokimlik “Qo‘yliq” dehqon bozorining to‘liq hududi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi ko‘zda tutilmaganini maʼlum qilgan.

“Asosiy kirish joyi oldidagi avtoturargoh hududining bir qismi va bir nechta vaqtincha savdo qurilmalarining o‘rni qurilish jarayoniga jalb etiladi. Bunda asosiy bino va savdo rastalarining aksariyati o‘z joyida qoladi. Loyihaga ko‘ra, jalb etiladigan hududning umumiy maydoni 10 ming kv.metr atrofida bo‘ladi”, – deya holatni izohlagan hokimlik.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!