menu
Qo‘shtepa tumani hokimi tayinlandi
Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman kengashining sessiyasida Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Anvarjon Abdullayev 1982 yilda O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 2004-2014 yillar davomida Qo‘qon shahar statistika bo‘limida, 2014-2022 yillarda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston va Dang‘ara tumani hokimliklarida mas’ul lavozimlarda, 2022-2023 yillarda esa Farg‘ona viloyati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 

2023 yildan tayinlovga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

M.Sulaymonov, O‘zA

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!