qarashlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan Tashkent Indexs avtomobil bozoridagi soyabonning qulab tushishi oqibatida qimmatbaho avtomobillarga zarar yetgani ko‘ringan videolar tarqaldi. “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida avtomobil bozoriga bordi.
Jurnalist bilan suhbatda bo‘lgan mas’ul — Tashkent Indexs avtomobil bozorining reklama departamenti rahbari Sarvar Avazovning aytishicha, qulab tushgan yengil konstruksiyali soyabonlarning qurilganiga 6 oy bo‘lgan.
Mas’ulning bildirishicha, holat huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan ham o‘rganilgan.
Sarvar Avazovning ma’lumot berishicha, qulab tushgan soyabonlarning o‘rnatilganiga olti oydan oshgan.
Suhbatdosh qulab tushgan soyabon ostida haqiqatdan ham qimmatbaho avtomobillar bo‘lganini tasdiqladi. Holat Telegram kanallarida ko‘rsatilganidek vahimali emasligini, muammo bartaraf qilinganini aytdi.
“Daryo” jurnalisti bilan kamera va mikrofonlarsiz gaplashgan tadbirkorlardan birining aytishicha, mazkur voqea sabab unga tegishli avtomobillarning 11 tasiga jiddiy zarar yetgan.
Tadbirkorning bildirishicha, bozor rahbariyati zararni qoplash haqida rostdan ham va’da bergan.
“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.
Comments
0 comment