menu
Qashqadaryolik 100 nafar yoshlar Germaniyaga ishga yuboriladi 
Ularning o‘qishi va ishga qabul qilinishi borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi

Germaniyadagi kompaniyaga 100 nafar qashqadaryolik yoshlarni ishga qabul qilish borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari A.Qobilov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Germaniyada bo‘lib, Shtaynbax-Hallen shahri hokimi Markus Bottcher bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi. Viloyatda ijtimoiy sohalar, xususan, taʼlim, tashqi mehnat migratsiyasi, kasb-hunar, tibbiyot kabi yo‘nalishlarda O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma loyihalarini amalga oshirish, Germaniyaning ilm-fan, kasbiy taʼlim, xorijiy tillar va boshqaruv sohalarida ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish va Qashqadaryoda joriy etish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Shuninigdek, Hehnke kompaniyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zbekistonlik yoshlar ham Ausbildung dasturi bo‘yicha o‘qishi, mehnat qilishi va tajribaga ega bo‘lishi mumkinligi alohida taʼkidlanib, xalqaro hamkorlik doirasida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda 2024/2025-yillar davomida Hehnke kompaniyasi 100 nafar qashqadaryolik yoshlarni Ausbildung dasturi bo‘yicha o‘qish va ishga qabul qilishi borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!