menu
Qashqadaryoda uy va mashinalar uchun fuqarolarning 920 mln so‘mdan ziyod pulini “uxlatgan”lar ushlandi 
Hozirda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Qashqadaryoning Ko‘kdala va Kitob tumanlarida uy va avtomashina uchun fuqarolarning 921,2 million so‘mini qo‘lga kiritgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Xabarga ko‘ra, holatlardan biri Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “K.I.” MCHJ rahbari J.X. “Oltin dala” MFY hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uy xonadonlarini sotishda 4 nafar fuqarodan dastlabki to‘lov sifatida to‘langan mablag‘lar evaziga ularga xonadonlarini rasmiylashtirib bermasdan jami 457,2 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shu kabi departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.S.” MCHJ rahbari M.A. fuqarolarga o‘zi rahbarlik qilayotgan MCHJ tomonidan shartnoma asosida mijozlarga oson va qisqa muddatlarda avtomashinalarni yetkazib berayotganini aytib, 3 nafar fuqaroga 2 oy muddatda Tracker, Cobalt va Damas olib berishi evaziga ularning jami 464 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!