menu
Qashqadaryoda 35 yil davomida shar’iy nikoh asosida yashab kelgan fuqarolar turmushi rasmiylashtirildi
Safar aka va Malohat opa 35 yillik shar’iy nikohdagi turmushi davomida 7 nafar farzand, 14 nabira va 1 nafar evarali bo‘lgan

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 35 yildan beri shar’iy nikoh asosida yashab kelgan er-xotin nikohi rasmiylashtirildi. Bu haqda “Daryo”ga Dehqonobod tuman FHDY bo‘limi mudirasi Ozoda Ashurova xabar berdi. 

Bildirilishicha, tuman FHDY bo‘limi hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari chekka hududlarga borib, uzoq yillar davomida shar’iy nikohda bo‘lgan, ayrim muammolar sabab nikohi rasmiy ro‘yxatga olinmagan fuqarolar muammosini o‘rgangan. 

Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, Safar aka va Malohat opa 35 yillik shar’iy nikohdagi turmushi davomida 7 nafar farzand, 14 nabira va 1 nafar evarali bo‘lgan. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!