menu
Qarshida maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi
Bolaning onasi o‘g‘lining o‘limida biror-bir shaxsga nisbatan da’vo va e’tirozi yo‘qligini bildirgan

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Daryo” so‘roviga javoban Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2024-yilning 31-mart kuni sodir bo‘lgan. 

Sud-tibbiy ekspertizasining birlamchi ma’lumotnomasida bolaning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining sirtmoq bilan qisilishidan keyingi mexanik asfiksiya natijasida kelib chiqqani, bo‘yin sohasidagi strangulyasion egat shilinmasidan tashqari boshqa jarohatlari mavjud emasligi aniqlangani ko‘rsatilgan. 

Holat bo‘yicha so‘ralgan bolaning onasi o‘g‘li hech bir sababsiz o‘z joniga qasd qilganini, o‘g‘liga hech kim jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazmaganini, uning o‘limida biror-bir shaxsga nisbatan da’vo va e’tirozi yo‘qligini bildirgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, marhum bola Qarshi shahridagi 15-sonli maktabning 9-sinfida tahsil olayotgan bo‘lgan. 

Hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuroraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!