menu
Putinning ishonchli vakiliga suiqasd qilishga urinish bo‘ldi
Hodisa Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan Berdyansk shahrida yuz berdi. U yerda ham prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Rossiya maxsus xizmatlari Berdyanskda prezidentlikka nomzod Vladimir Putinning ishonchli vakiliga suiqasdning oldini oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hujumni tayyorlashda ishtirok etganlarning barchasi qidirilmoqda. Bir kun oldin operativ xizmatlar Berdyanskda portlovchi qurilma ishga tushgani haqida xabar bergan edi, biroq qurbonlar yo‘q.

Rossiyaning “yangi hududlari”da prezidentlik saylovlarida ovoz berish birinchi marta o‘tkazilmoqda. Moskva vaqti bilan soat 12:00 holatiga ko‘ra, Zaporojye viloyatida saylovchilarning ishtiroki 80 foizdan oshgan, deydi “RIA Novosti”

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!