menu
Putin Rossiya yadroviy urushga tayyorligini e’lon qildi
Rossiya prezidenti AQSHning yadroviy salohiyati, Finlyandiya chegarasiga rus qo‘shinlari joylashtirilishi va yadro qurollarini amalda sinab ko‘rish haqida gapirdi

Rossiya harbiy-texnik nuqtayi nazardan yadro urushiga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin teleboshlovchi Dmitriy Kisilyovga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar berdi “RBK”.

Putin voqealarning noaniq tarzda rivojlanayotgani yoki har doim ham to‘g‘ri yo‘lda davom etmasligini aytdi.

Taktik yadro qurollari haqida gapirar ekan, Putin Ukrainadagi “maxsus operatsiya” vaqtida bunday qurollardan foydalanishga hech qachon ehtiyoj bo‘lmaganini ta’kidladi. Bu uning xayoliga hech qachon bunday fikr kelmaganini anglatadimi, degan savolga Putin: “Yo‘q, lekin nima uchun?” tarzida javob berdi.

AQSHning yadroviy salohiyati haqida

Shuningdek, u bugungi kunda AQSH ham yadroviy kuchlarini rivojlantirayotganini, biroq bu ularning urush boshlashga tayyorligini anglatmasligini eslatdi. Agar AQSH yadroviy sinovlar o‘tkazsa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin. 

G‘arb qo‘shinlarining Ukrainada bo‘lishi ehtimoli

Shuningdek, Putin Ukrainada G‘arb qo‘shinlarining mavjudligi mavzusiga ham to‘xtalib, agar AQSH o‘z kuchlarini u yerga yuborishga qaror qilsa, Rossiya bunday qadamni, shuningdek, Rossiya hududiga Amerika qo‘shinlarining kirishini aralashuv sifatida baholaydi. 

Rossiya Finlyandiya chegarasida qo‘shin joylashtirmoqchi

Putin Finlyandiya NATOga aʼzo bo‘lganidan keyin uning chegaralari yaqinida Rossiya qo‘shinlari va yo‘q qilish tizimlari paydo bo‘lishini ta’kidladi.

Bu o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan mutlaqo bema’ni qadam. Biroq, bu ularning masalasi. Ular shunday qarorga kelishdi. Lekin u yerda qo'shinlarimiz yo‘q edi, endi bo‘lamiz”, — deya ta’kidladi u.

Fevral oyida Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu bergandi. O‘shanda u Ukrainaning paydo bo‘lish tarixi, konflikt sabablari, NATO bilan ziddiyat haqida gapirib, suhbat so‘ngida Zelenskiyga murojaat qilgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!