qarashlar
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk bor marhum Aleksey Navalniyning o‘limiga va saylovda nomzodini qo‘yishga ruxsat etilmagan Boris Nadejdinga munosabat bildirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Prezidentlik saylovlaridan keyingi matbuot anjumanida NBC muxbiri Putindan Aleksey Navalniy haqida savol berdi.
“Bu hayot. Agar janob Nadejdin ushbu saylov kampaniyasida ishtirok etmagan bo‘lsa, demak, bu birinchi navbatda uning ushbu saylovlarga tayyorgarlik davridagi qoniqarsiz ishining natijasidir. Tarafdorlar bilan faolroq ishlash, xatolikka, byulletenlarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik va hokazolar kerak bo‘lgandir.
Masala shundaki, ovoz berishda ishtirok etish uchun kerakli miqdordagi ovozlar to‘planmagan”, — dedi u.
Putin birinchi marta Navalniyning familiyasini tilga olib, uning o‘limini “qayg‘uli voqea” deb atadi. Rossiya prezidenti, shuningdek, siyosatchining o‘limidan bir necha kun oldin Navalniyni G‘arbdagi rossiyalik mahbuslarga almashishga rozi bo‘lganini tasdiqladi.
Comments
0 comment