menu
Poytaxtda 126,3 mln so‘m moddiy zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 126,3 mln so‘m moddiy zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Olmazor tumani “Allon” mahallasida yashovchi 27 yoshli D.K. noqonuniy mayning ferma tashkil qilganligi aniqlandi.

Ushbu mayning ferma elektr tarmog‘idan noqonuniy foydalanishi natijasida jami 126,3 mln so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!