menu
Polsha va Buyuk Britaniya Rossiyadagi saylovlarni qonuniy deb tan olinmaganini ma’lum qildi
Buyuk Britaniya TIV rahbari: “Bunday saylovlar erkinlik va adolat mezonlariga javob bermaydi”

Polsha Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada 15—17-mart kunlari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari qonuniy, demokratik va adolatli deb tan olinmaganini maʼlum qildi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron ham ovoz berish shartlari huquqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi, deya xabar berdi “Gazeta.ru”.

Polsha TIV bayonotida hukumatning Rossiyaning yangi hududlaridagi saylov natijalarini tan olmasligiga urg‘u berilgan. Unga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab ovoz berish “repressiv qonunchilik”, “urushga qarshi fikr bildirgan nomzodlarning saylovlarda ishtirok etishini taqiqlash” shartlarida o‘tgan.

Bir kun avval Germaniya TIV Rossiyadagi saylovlarni tanqid qilgan edi. Vazirlikning ta’kidlashicha, Rossiyada o‘tkazilgan soxta saylovlar erkin bo‘lmagan va natijalar ajablanarli emas.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovida Vladimir Putin 87,34 foiz, Nikolay Xaritonov 4,29 foiz, Vladislav Davankov 3,82 foiz, Leonid Slutskiy 3,16 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!