qarashlar
Polsha rasmiylari Rossiyaning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Poytaxt Varshavada bombapanohlar qurish uchun 117 million zlotiy (30 million yevro) sarflanadi. Bu haqda shahar meri Rafal Trshaskovkiyga tayanib, Politico xabar berdi.
Bombapanalarini qurish yaqin 2-3 yil ichida amalga oshirilishi kutilmoqda. Oxirgi oylarda yevropalik siyosatchilar, razvedkachilar va harbiy amaldorlar Rossiyaning 3-5-8 yil ichida NATO davlatlariga zarba berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Bombapanohlarni qurish Varshavaning “har qanday voqealarga tayyorlanishga imkon beradigan” katta sarmoya kiritish strategiyasining bir qismidir. “Varshava himoya qiladi” dasturi doirasida kasalxonalarni favqulodda vaziyatlarda ishlashga tayyorlash va aholi uchun trevoga mashg‘ulotlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, yerosti avtoturargohlari va metro bekatlaridan boshpana sifatida foydalanish rejalashtirilgan, ammo buning uchun ularni qo‘shimcha jihozlash, jumladan, suv va zaxira elektr energiyasi bilan ta’minlash kerak.
Ukrainaning Kiyev va Xarkov rasmiylari ham fuqarolarni Rossiya hujumlaridan qutqarish uchun metrodan faol foydalanmoqda.
Polsha prezidenti 12-mart kuni amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashuvidan keyin Rossiyaning boshqa davlatlarga ham hujum qilish ehtimoli haqida gapirgandi.
O‘z navbatida, Putin rus teleboshlovchisi Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida Rossiya texnik jihatdan yadro urushiga tayyor ekanini va agar o‘z suverenitetiga tahdid ko‘rsa, yadro qurolidan foydalanishini aytgandi.
Polsha tinch aholisini Rossiya bilan ehtimoliy harbiy to‘qnashuvga tayyorlay boshlagan birinchi davlat emas. Ruminiya o‘z hududidan jangovar dronlar qoldiqlari topilganidan so‘ng Ukraina bilan chegara yaqinida bombapanohlar qurishni boshladi.
Comments
0 comment