menu
Pokistonda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 12 nafar konchi halok bo‘ldi
Hukumat 8 nafar jarohatlanganlarga har tomonlama tibbiy yordam ko‘rsatishni buyurgan

Pokistonning Balujiston shahridagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi. 12 nafar konchi halok bo‘lgan, 8 nafari qutqarilgan, deya Dawn xabar berdi.

Voqea 19-mart kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Tog‘-kon kompaniyasi rahbariyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, portlash vaqtida konda 10 nafar konchi ishlagan. Ularga yordamga bir guruh konchilar kelgan, biroq ular ham tuzoqqa tushib qolgan.

Qutqaruv guruhlari oxir-oqibat 12 jasad va 8 nafar tirik qolganlarni topib, kasalxonaga yetkazgan. Qurbonlar sonini viloyat konchilik bosh direktori Abdulla Shohvoniy tasdiqlagan. Hukumat jabrlanganlarga har tomonlama tibbiy yordam ko‘rsatishni buyurgan.

18-mart kuni Amur viloyatidagi “Pioner” konida tosh qulashi sodir bo‘lgan edi. Tog‘-kon va kapital ishlariga ixtisoslashgan pudratchi tashkilot xodimlaridan 13 kishi vayronalar ostida qolgan. Qutqaruv operatsiyasi hanuz davom etmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!