qarashlar
Ozodbek Nazarbekovning san’atkorlarga erkinlik berilishi haqidagi fikrlari, Piskentdagi aholi hududida bo‘rilar kezib yurgani aniqlanishi, Zomin ayeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi — “Daryo” nashri bugun, 25-dekabrda e’lon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid e’tiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi (foto)
“Pulkovo” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
O‘zbekistonda ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi
Amaldagi qonunchilikda buning uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlik mavjud emas.
“Savolning oyog‘i Amerikada”: Ozodbek Nazarbekov san’atkorlarga erkinlik berilishi haqida
Vazir anchadan beri muhokamalarga sabab bo‘layotgan “madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi, vazirlik yopilishi kerakligi”ga oid savolga javob berar ekan, sohani nazoratda ushlash kerakligi, boshqa imkoni yo‘qligini, erkin bo‘lishi uchun jamiyat ham bunga tayyor bo‘lishi zarurligini bildirgan.
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari elektron reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi
Prezident qarori bilan elektron reyestrni shakllantirish va yuritish tartibini takomillashtirish belgilangandi.
“Tush o‘ng bo‘lmas, o‘ng tush bo‘lmas”: Toshkent shahar sudining bayonotiga bayonot
“Daryo” nashrida “Birovning sudidagi begona shaxslar: JIB Yunusobod sudida ikkita ish bitta zalda ko‘rildimi?” nomli maqola chop etilgan edi. Shu materialga Toshkent shahar sudi savollarga to‘la munosabat bildiribdi.
Piskentdagi aholi hududida bo‘rilar kezib yurgani aniqlandi
Ularni tutib, hayvonot bog‘iga yuborish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda 2025-yil uchun davlat byudjeti tasdiqlandi
Kelgusi yilda ham xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilgani saqlab qolingan.
Shavkat Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Aliyev va Putinga hamdardlik yo‘lladi
Azerbaijan Airlines yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgandi.
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda 1-yanvardan “Futbol TV” kanali ishga tushadi
Futbolga ixtisoslashgan telekanal O‘zbekiston MTRK qoshida tashkil etilishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Uchrashuvda 2024-yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi.
Tashkent City bog‘ida avtomobillar harakati 15 kunga cheklanadi
Tashrif buyuruvchilardan bog‘ atrofidagi binolar avtoturargohlariga mashinalarni qo‘yish so‘ralmoqda.
Bekzod Mamatqulov O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib saylandi
Toshkentda O‘zbekiston futzal federatsiyasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.
Comments
0 comment