qarashlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Qirqqizobod qishlog‘ida och bo‘rilar kezib yurgani haqida video tarqaldi.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildirdi.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qirqqizobod tog‘li hududda joylashgani sababli har yili qish mavsumida qor yog‘ishi oqibatida yovvoyi hayvonlar, jumladan, bo‘rilar ham qishloqlarga kelishi kuzatiladi.
24-dekabr kuni yovvoyi hayvonlarni tutuvchi maxsus guruh hududga jalb etildi. Hozirda bo‘rilarni qidirish va ularni zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda. Tutilgan bo‘rilarning tabiiy muhitiga yaqin sharoit yaratish maqsadida hayvonot bog‘iga yuborish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, hozirgacha aholiga hech qanday zarar yetmagan.
Comments
0 comment