menu
Pestitsidlarga “o‘tirib qolish”: O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini kimyoviy zaharlardan qutqarish imkoni bor(mi?)
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining 25 foizini tashkil qiladi. Fermerdan tortib oddiy ishchigacha millionlab insonlar band bo‘lgan ushbu soha mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligi uchun juda muhim. Shu bois ham so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq jiddiy islohotlar olib borilmoqda

Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining 25 foizini tashkil qiladi. Fermerdan tortib oddiy ishchigacha millionlab insonlar band bo‘lgan ushbu soha mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligi uchun juda muhim. Shu bois ham so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq jiddiy islohotlar olib borilmoqda.

Qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kabi tashabbuslar hukumatimiz uchun iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy qismi sifatida ko‘rilayotgani bejiz emas. Ammo qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishda kimyoviy pestitsidlardan ortiqcha va noto‘g‘ri foydalanish bugungi kunda negadir e’tibordan chetda qolib ketyapti.

Pestitsidlar uzoq vaqtdan beri qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirish uchun muhim vosita sifatida tan olingan bo‘lsa-da, ulardan ortiqcha foydalanish nafaqat inson salomatligi, balki atrof-muhit va mamlakatning jahon bozorlarida raqobatbardosh bo‘lishiga ham katta xavf tug‘diryapti. Pestitsidlar bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki O‘zbekistonning barqaror va farovon kelajagi uchun ham juda muhim.

Tanganing ikkinchi tomoni

Pestitsidlar o‘simlik zararkunandalari va kasalliklari, begona o‘tlarga qarshi kurashishda va boshqa holatlarda foydalaniladigan kimyoviy moddalar hisoblanadi. O’zbekistondagi fermer va dehqonlar ushbu kimyoviy vositalardan nafaqat muhim tarmoq hisoblangan paxta va g‘allachilik, balki meva-sabzavot va issiqxonada yetishtiriladigan hosillarni himoya qilish va hosildorlikni ta’minlash uchun ishlatib kelishadi.

Bir so‘z bilan aytganda, pestitsidlardan foydalanish O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Ammo ushbu kimyoviy moddalardan haddan ziyod ko‘p foydalanish, afsuski, bizga juda qimmatga tushyapti.

Birgina 2022-yilning o‘zida paxta sanoatida pestitsidlar bilan ifloslanishning yashirin iqtisodiy zarari 200 million dollar atrofida baholandi. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!