14
qarashlar
qarashlar
Dina Boluarte prezident bo‘lganidan beri omma oldiga 14 xil soat, jumladan Rolex ham taqib chiqqan
Peru prezidenti Dina Boluarte qimmat soatlar kolleksiyasi sababli korrupsiyada gumonlanmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Peru Bosh prokuraturasi OAVda davlat rahbariga tegishli qimmatbaho soatlar haqidagi xabarlar tufayli Dina Boluartega nisbatan dastlabki tergovni boshlagan.
O‘tgan hafta jurnalist Marko Sifuentes YouTube’ga video joylashtirdi va unda Boluarte prezident bo‘lgan 2022-yil dekabridan beri 14 xil soat, jumladan Rolex bilan omma oldida paydo bo‘lganini ta’kidladi.
Boluarte Peru Kongressi sobiq prezident Pedro Kastilyoga korrupsiyada ayblov e’lon qilganidan keyin davlat rahbari bo‘lgan. O‘sha paytda u vitse-prezident edi.
Comments
0 comment