menu
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi (video) 
Portlashni 64 yoshli ayol uyushtirgan, saylov uchastkasidan 50 kishi evakuatsiya qilingan

Rossiyaning Perm shahridagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi, binodan 50 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, portlash Komsomolskiy prospektidagi Soldatova nomidagi madaniyat saroyidagi uchastkada yuz bergan. Mahalliy aholidan biri hududga katta petarda (pirotexnika vositasi) olib kelib, hojatxonada uni portlatib yuborgan. Hodisa oqibatida ayolning qo‘li uzilgani aytilmoqda.

Ta‘kidlanishicha, saylov uchastkasidan 50 kishi evakuatsiya qilingan. Perm xavfsizlik vazirligi petarda tufayli portlash faktini tasdiqlagan. Ayol kasalxonaga yotqizilgan va unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, jabrlanganlar yo‘qligi ta’kidlangan.

Baza xabariga ko‘ra, portlash uyushtirgan ayol 64 yoshli Yelena.S bo‘lib, hodisa yuz berishidan oldin telefonda kim bilandir gaplashgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!