qarashlar
Yaqinda Ukrainaga ATACMS raketalarini topshirishga tayyorligini e’lon qilgan Pentagon Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha 50 dan ortiq jinoiy ish ochdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Pentagon bosh inspektori Robert Storchga ko‘ra, ayni paytda birorta ham ayblov tasdiqlanmagan.
U Ukrainaga yetkazib beriladigan asbob-uskunalar soni va tezligini hisobga olgan holda, AQSH ko‘proq tekshiruvlar o‘tkazishidan ogohlantirdi. Pentagon AQSH davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan birga Atlantic Resolve operatsiyasi doirasida Ukrainaga ajratilgan taxminan 113 milliard dollarlik yordam va mablag‘lar bo‘yicha federal hukumat nazoratini boshqarmoqda. Xuddi shunday audit jarayoni Iroq va Afg'onistondagi urushlar paytida ham bo‘lgan.
Storchning qayd etishicha, hozirda auditorlar Kiyevga yordam yetkazib berishda bo‘shliqlarni aniqlagan. Misol uchun, audit davomida Polsha orqali Ukrainaga olib o‘tilgan yuklar uchun to‘liq bo‘lmagan deklaratsiyalar kuzatilgan.
Ushbu muammolarga qaramay, Storchning ta’kidlashicha, Pentagon Ukrainaning harbiy yordam ehtiyojlariga “yaxshi javob berdi”.
Pentagon 155 mm artilleriya snaryadlari masalasini ham o‘rganmoqda. Bu orqali AQSH harbiy mashg‘ulotlar va operatsiya ehtiyojlarini muvozanatlashgan holda olib borgan yoki yo‘qligi aniqlanadi
Comments
0 comment