menu
Paragvayda 60 tonnaga yaqin marixuana musodara qilindi
Paragvay prezidentining ma’lum qilishicha, bu mamlakatda musodara qilingan eng yirik giyohvand moddalar jo‘natmasidir

Paragvayda huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan “Marangatu” operatsiyasi davomida 57 tonna marixuana musodara qilindi.

Bu haqda mamlakat prezidenti Santyago Penya X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.

“Biz Marangatu operatsiyasi bilan uyushgan jinoyatchilikka jiddiy zarba bera oldik, natijada 57 tonna siqilgan marixuana musodara qilindi”, dedi u.

Giyohvand moddalar savdogarlari marixuanani Braziliyaga jo'natmoqchi bo‘lgan, dedi Paragvay prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu musodara qilingan eng yirik giyohvand moddalar jo‘natmasidir.

Operatsiya natijasida to‘rt kishi qo‘lga olindi, deya qo‘shimcha qildi Pena.

28-noyabr kuni Kolumbiya politsiyasi 225 tonna kokainni musodara qilgani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, politsiya oltita kemani ham qo‘lga oldi. Bu kemalar Avstraliyaga giyohvand moddalarni tashish uchun ishlatilgani aytilmoqda.

25-noyabrda esa Salvadorda 50 million dollarlik kokain ortilgan qayiq ushlangan.

Estero-de-Jaltepeke ko‘rfazidan 752 km janubi-g‘arbda uch kolumbiyalik 50 million dollarlik giyohvand moddalarni olib ketayotgan kema qo‘lga olingan.

Salvador prezidenti Nayib Bukele so‘nggi sakkiz oy ichida mamlakat huquq-tartibot idoralari xalqaro suvlarda 15 tonnadan ortiq kokainni musodara qilgani, ularning narxi taxminan 380 million dollarni tashkil etishini aytgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!