22
qarashlar
qarashlar
To‘qnashuv ishtirokchilari turli xil o‘qotar qurol va miltiqlardan foydalangan. Qurbonlar soni ortishi mumkin
Papua-Yangi Gvineyaning Enga provinsiyasida qabilalararo to‘qnashuvlar oqibatida 64 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Papua New Guinea Post Courier nashri xabar berdi.
Politsiyaga ko‘ra, 19-fevral kuni qabilalar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv natijasida halok bo‘lganlarning yana 11 jasadi topilgan. Bungacha 53 kishining halok bo‘lgani aniqlangan. Politsiya Engadagi to‘qnashuvlar “ambulin va sikin qabilalari hamda ularning ittifoqchilari o‘rtasida davom etayotgan kurash” ekanini ta’kidlamoqda.
Voqea joyida halok bo‘lganlar va yaradorlarni qidirish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda. Yaradorlar soni hozircha ma’lum qilinmagan.
Comments
0 comment