menu
Papua-Yangi Gvineya qirg‘oqlarida 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q

Papua-Yangi Gvineya qirg‘oqlarida 6,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zilzila epitsentri 18,8 ming kishi istiqomat qiluvchi Kimbe shahridan (Yangi Britaniya oroli) 70 km janubi-sharqda joylashgan. Zilzila manbai 10 km chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q. Sunami xavfi e'lon qilinmagan.

Avvalroq 7-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:33 da O‘zbekiston hududida ikkita zilzila sodir bo‘lgani xabar berilgandi. Zilzila episentri Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!