menu
“O‘zgidromet” hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
O‘zbekistonning ba’zi hududlarida havo harorati 28 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 23-25-mart kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24-martda kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 24-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 25-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 24-25-martda kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24-martda kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 24-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq, 25-martda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24-martda kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 23-martda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25  daraja iliq, 24-25-martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 24-martda kechga tomon baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 23-24-martda 17-22 daraja iliq, 25-martda 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 23-24-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-martda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. G Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 23-martda 5-10 daraja iliq, 24-martda 3-8 daraja iliq, 25-martda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!