menu
“O‘zbekko‘mir” ishchi-xodimlarining 5,5 mlrd so‘mdan ortiq maoshlari undirib berildi 
Qolgan 13 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik ham undirib berilishi qayd etilgan

Toshkent viloyati Angren shahrida “O‘zbekko‘mir” ishchi-xodimlarining 5,5 mlrd so‘mdan ortiq maoshlari undirib berildi. Bu haqda Angren shahar prokuraturasi xabar berdi

Qayd etilishicha, Angren shahar prokuraturasi tomonidan qonun ustuvorligi taʼminlanmoqda. Shahar prokuraturasi tomonidan “O‘zbekko‘mir” AJ ishchi-xodimlarining 2024-yil fevral—mart oylari holatiga jami 18 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi oylik ish haqidan bo‘lgan qarzdorlikni undirish choralari ko‘rildi.

Joriy yilning 18—19-mart kunlari ikki kun davomida “O‘zbekko‘mir” AJdan ishchilarga jami besh yarim milliard so‘m miqdoridagi oylik ish haqi undirib berildi. Qolgan 13 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik 20-mart kuni undirib berilishi aytildi.

Bu borada jamiyat boshqaruvi masʼullariga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!