qarashlar
“O‘zgidromet” kuchli yomg‘ir yog‘ishi, sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirgandi. 20-mart kuni kuchli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor hududlar e’lon qilindi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Comments
0 comment