menu
O‘zbekistonning qaysi hududlarida 100 yoshli pensiya va nafaqa oluvchilar ko‘pligi maʼlum qilindi
Bir asr yashagan nuroniylarning 78,6 foizi ayollar

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda pensiya va nafaqa olayotgan 100 yoshga to‘lgan va undan oshganlar 514 nafarni tashkil etgan. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi maʼlum qildi.

Respublikada pensiya va nafaqa olayotgan 100 va undan yuqori yoshdagilarning 110 nafari (21,4 foiz) erkaklar, 404 nafari (78,6 foiz) ayol hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan 2023-yilda jami 147 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar 100 yoshga to‘lgan. Ularning 32 nafari (21,7 foiz) erkaklar, 115 nafari (78,3 foiz) ayollar bo‘lgan.

Yoshi 100 va undan oshgan pensioner va nafaqa oluvchilar Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p – 92 nafar, Sirdaryo viloyatida eng kam – 11 nafar.

Qolgan hududlar: 

Ma’lumot uchun, hozir O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 million nafarga yetgan. Nafaqa va moddiy yordam oluvchilar 2 million 471 ming 900 nafarni tashkil etadi.  

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!