menu
O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi
22-mart — juma barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi

O‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam oladi.

2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoniga muvofiq, ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 22-mart, juma kuni va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 23-mart, shanba — qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

Mehnat kodeksi 187-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!