9
qarashlar
qarashlar
Xitoyning Tayyan shahrida Olimpiada litsenzion turniri o‘tkazilmoqda
Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Parij—2024 yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun Osiyo litsenzion turniri o‘tkazilmoqda.
Musobaqa doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ozoda Sobirjonova (-67 kg) o‘zining yarim final jangini o‘tkazdi. Vyetnamlik Ti Kem Bakka qarshi kechgan ushbu jangda Sobirjonova kambek amalga oshirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alaba orqali Ozoda Parij—2024 o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Jasurbek Jaysunov (-80 kg) ham o‘zining yarim final jangida iroqlik Sayf Tohir Habibni mag‘lub etib, Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Comments
0 comment