menu
O‘zbekistonlik hamshiralarni Buyuk Britaniyaga ishga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi 
Yaqin kunlarda e’lon berilishi rejalashtirilgan

Buyuk Britaniyaga o‘zbekistonlik hamshiralarni ishga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘plab yurtdoshlarning murojaatlaridan kelib chiqib, Buyuk Britaniyaga tibbiyot sohasiga hamshiralarni ishga jalb qilish bo‘yicha ish beruvchi tashkilot bilan kelishuvga erishdi.

Ushbu kelishuvga muvofiq, yaqin kunlarda ingliz tilini biladigan hamshiralar uchun Buyuk Britaniyada ishlash bo‘yicha e’lon berilishi rejalashtirilmoqda. Murojaat uchun 71 202-33-55 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!