menu
O‘zbekistondda ikki oyda tadbirkorlarga 1,94 mlrd so‘m undirilishida yordam ko‘rsatildi 
Hududlar kesimida eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan

O‘zbekistonda joriy yanvar-fevral oylarida murojaatlar asosida tadbirkorlarga 1,94 milliard so‘m undirilishida yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi

Shuningdek, 981 million so‘m asossiz to‘langan soliq summalarini qaytarishda, 146 million so‘mdan oshiq kredit ajratilishida ham ko‘maklashildi. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida tadbirkorlardan 1 587 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan ko‘rib chiqilgan 735 ta murojaatning 329 tasi (45 foiz) bo‘yicha tadbirkorlarning huquqlari tiklangan va 406 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan. 

Hududlar kesimida eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri (350 ta), Toshkent (174 ta) va Qashqadaryo (140 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keladi. “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali joriy yilning o‘zida 1 092 ta murojaat bo‘yicha 1 666 ta masala kelib tushgan bo‘lib, shundan 1 092 tasi ko‘rib chiqilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!