menu
O‘zbekistondagi maktablarda taʼlim sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan omillar aniqlandi
Umumta’lim tizimiga davlat xarajatlari yuqori bo‘lishiga qaramay, tizimdagi sifat pastligicha qolayotgani sabab Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tahlil o‘tkazdi

O‘zbekistonda umumta’lim tizimiga davlat xarajatlari yuqori bo‘lishiga qaramay, tizimdagi sifat pastligicha qolmoqda. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari taʼlim sifatiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rgandi.

Ta’lim tizimidagi sifat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari bu o‘quv darsliklarning sifati, o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning malakasi, maktablarning infratuzilmasi va ota-onalarning farzandi ta’limidagi ishtirokidir. Ushbu omillarni chuqur tahlil qilish maqsadida tahlil o‘tkazildi. 

Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, umumta’lim tizimidagi sifatning pastligi quyidagi sabablar bilan asoslandi:

MHTI tomonidan o‘quv jarayoni sifatiga ijobiy ta’sir etuvchi ikkita ta’lim islohoti ko‘rib chiqildi.

O‘quvchilarning o‘rganish darajasiga qarab o‘qitish tizimi. Ushbu mexanizm o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda qiynalayotgan o‘quvchilarning tengdoshlariga yetib olishi uchun qo‘llanilgan.

Texnologiyalardan foydalangan xolda o‘quvchilarning bilim darajasiga qarab o‘qitish. “eMaktab” saytida o‘quvchilarning bilim darajasini baholab, unga mos ravishda videomateriallarni taklif etadigan platforma yaratish.

Mutaxasisslarning qayd etishicha, videodarsliklarni yaratishga respublikadagi yuqori malakali o‘qituvchilarni jalb etish lozim. Bu materiallar “Kundalik.uz” saytiga yuklanadi. Bunda o‘quvchilar darsning so‘nggi 10 daqiqasida o‘tilgan mavzu bo‘yicha mashqlarni planshet yordamida yuqorida keltirilgan platforma yordamida amalga oshiradi. Ushbu mashg‘ulotlar PISA va PIRLS imtihonlari uchun zarur bo‘lgan fanlarga (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) mo‘ljallangan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!