menu
O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi. Nimalar belgilandi?
Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni boshqarish Savdo-sanoat palatasiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish borasidagi agentlik va jamg‘armalar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi.

14-mart kuni “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ko‘maklashish (eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish bundan mustasno) uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochiladigan Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltirish hamda jamg‘arma mablag‘larini boshqarish huquqi kompaniyaga berildi.

“O‘zbekekspertiza” ustav kapitalidagi davlat ulushi va ayrim davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli ulushlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazgan holda davlat ulushini boshqarish funksiyasini ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berildi.

Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalariga investorlarni jalb qilish, ularning ishtirokchilariga ko‘maklashish Savdo-sanoat palatasining vazifalaridan biri sifatida belgilandi.

Savdoni rivojlantirish kompaniyasining faoliyati quyidagilarga yo‘naltiriladi:

2024-yil 1-iyuldan boshlab kompaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi asosida taqdim etiladi.

Eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimga (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi.

Savdo-sanoat palatasi Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining boshqaruvini vaqtinchalik amalga oshiradi.

Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilishi haqida 

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning yanvarida o‘tkazigan videoselektor yig‘ilishida  Jahon savdo tashkiloti talablari asosida Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etilishini ma’lum qilgandi. Prezident Eksport agentligi eksportchilarga haqiqiy ko‘makchi bo‘lish o‘rniga davlatdan berilgan tayyor pulni yo‘naltiradigan “buxgalter-kassir”ga aylanib qolganini tanqid qilgandi.

Davlat rahbari 12-mart kuni tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishganida ushbu kompaniya rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib tashkil etilishini aytgandi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!