menu
O‘zbekistonda samara ko‘rsatmagan vazirlik, qo‘mita va agentlik rahbarlari ishdan olinishi mumkin
Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini baholash bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi

O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini baholash tizimi takomillashtiriladi.

“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi

Unga muvofiq, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KRI), ularga erishish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi hukumat tomonidan tasdiqlanadi.

Samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot har chorakda “samaradorlik.uz” elektron platformasiga  kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi.

Har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga belgilanadigan salmoq o‘lchovi yig‘indisidan kelib chiqib, samaradorlik ko‘rsatkichlari ular bajarilishi quyidagicha baholanadi: 

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbari va ularning o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish to‘lovlari miqdori ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib belgilanadi.

Chorak yakuni bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga rag‘batlantirish to‘lovlari kelgusi 3 oy uchun to‘xtatiladi va ularga nisbatan intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqiladi. Bunda hukumat rayosatida samaradorlik ko‘rsatkichlari asoslantirilgan sabablarga ko‘ra bajarilmagani tasdiqlangan hollar mustasno.

Yil yakuni bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!