menu
O‘zbekistonda o‘tgan ikki oyda qancha egizak tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 0,5 foizga ko‘paygan

O‘zbekistonda 2024-yilning o‘tgan ikki oyida qancha egizak tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar—fevral oylarida respublika bo‘yicha 3 208 ta egizak chaqaloqlar tug‘ilgani qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17 taga (0,5 foiz) ko‘paygan. 

Mamlakatda o‘tgan 2023-yil davomida 21 012 nafar egiz chaqaloq dunyoga kelgan.

Hududlar kesimida egiz tug‘ilganlar soni eng ko‘p Farg‘ona viloyatida —  2 494 nafar, eng kami esa Sirdaryo viloyatida — 511 nafar qayd etilgan. Hududlar kesimida egizaklarning tug‘ilishi quyidagicha:

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda jami 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (160 nafar) qayd etilgan. 

Statistika agentligiga ko‘ra, Toshkent shahrida 2023-yilning yanvar—iyul oylarida FHDY organlari tomonidan 45 473 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar oyida 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDY organlarida qayd etilgan. Ulardan 1 816 nafari egizak chaqaloqlar hisoblanadi. Yanvar—iyun oylarida esa 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan. 2022-yilda esa O‘zbekistonda birinchi farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 nafarni tashkil etgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!