menu
O‘zbekistonda o‘rmon yong‘inlari kelib chiqishiga sabab bo‘lganlar uchun jarima miqdori belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

Prezident tomonidan 13-mart kuni imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish, agar yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi:

Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi yoxud o‘zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo‘q qilinishi bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda yong‘in sodir bo‘lganda mazkur shaxs yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Ushbu qonun Senat tomonidan 9-fevral kuni ma’qullangandi. Qonun muhokamasida senator Tolibjon Madumarov bugungi kunda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanayotgan yengil jazo choralari kutilayotgan natijani bermayotganini aytib o‘tgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda 10 ming 204 ta yong‘in hodisasi yuz berib, unda 251 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 79 nafari vafot etgan, jismoniy va yuridik shaxslarga esa 270,4 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. 2018—2022-yillarda respublika o‘rmon xo‘jaliklarida jami 40 ta yong‘in hisobga olinib, natijada 431 gektar o‘rmonzorlarga jiddiy ziyon va 20,296 milliard so‘mdan ziyod zarar yetgan.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!