menu
O‘zbekistonda maktablarga 51 mln so‘mdan ajratilib, o‘quvchilar tanloviga ko‘ra sarflanadi
“Mening maktabim” sinov loyihasi doirasidagi pullarga elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur tovarlar sotib olish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilandi.

Unga ko‘ra, ushbu sinov loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) yo‘lga qo‘yiladi. Buning doirasida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida (51 million so‘m) mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘ 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur tovarlarga sarflanadi.

Shuningdek, 2024-yil sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!