qarashlar
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaning oldini olishda taʼsirchan mexanizmlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qaror bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyani tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Milliy strategiyaning asosiy yo‘nalishlari:
Milliy strategiyaning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
Milliy strategiyani 2024—2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasida 7 ta yo‘nalishda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Jumladan,
Ushbu qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 27-martgacha davom etadi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilga qadar mo‘ljallangan milliy strategiya ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi haqida Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning dekabrida Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqida aytib o‘tgandi.
Tahlillarga ko‘ra, hozirda korrupsiyaning dunyo miqyosidagi zarari 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil qilmoqda. Ammo davlat rahbari eng yomoni jamiyat ko‘radigan ma’naviy zarar ekanini ta’kidlagandi.
Comments
0 comment