menu
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari elektron reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi
Prezident qarori bilan elektron reyestrni shakllantirish va yuritish tartibini takomillashtirish belgilangandi

Hukumat qarori bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini shakllantirish va yuritish hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga biriktirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi.

Bunda talabgor yoki boshqarish organi so‘rovnoma berish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat etadi. So‘rovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 50 foizi (187 ming 500 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, belgilangan yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Elektron reyestrga kirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Prezidentning 2021-yil 19-iyundagi qaroriga asosan ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqaruvchilarning elektron reyestri shakllantirilgan. Davlat rahbarining 2023-yil 15-avgustdagi qarori bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini takomillashtirish belgilangandi.

Ushbu qaror bilan O‘zbekistonda 2024-yil, 1-yanvardan boshlab quruvchi tashkilot qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilot jalb qilishi belgilangan. Boshqaruvchi tashkilot aniqlanmagan taqdirda ko‘p qavatli uylar foydalanishga qabul qilinmaydi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!