menu
O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan erkaklar ulushi ortgani maʼlum qilindi
Statistika agentligi uch yillik kuzatuvlar natijasini ochiqladi

Statistika agentligining tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, malakatda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi erkaklar ulushi 2021-yildagi 66 foizdan 2023-yilda 68,8 foizga o‘sgan.

Statistika agentligi har yili O‘zbekiston aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida uy xo‘jaliklarida tanlanma usulda kuzatuvlar o‘tkazadi. Kuzatuv uslubi Jahon banki va BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining tavsiyalariga asoslangan. 

Aholi turmush darajasi maʼlumotlari sifatini hamda turli toifadagi aholi qatlami qamrovini taʼminlash maqsadida 2023-yilda 16 mingta uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi.

Kuzatuvga tushgan uy xo‘jaliklari inson aralashuvisiz, kompyuterda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy usulda tanlab olinadi hamda kuzatuvlar axborotlashgan tizim orqali to‘liq planshetlar yordamida amalga oshiriladi. Natijalar avtomatik ravishda umumiy bazaga kiritib boriladi.

Shundan kelib chiqib, uy xo‘jaliklariga tashrif buyurilganda, uy xo‘jaligi aʼzolaridan kimdir sport muassasalarida (seksiyalarda), uyda yoki boshqa joylarda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani so‘raladi. Bunda uy xo‘jaligi aʼzolaridan haftasiga necha marotaba jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani hamda kuniga qancha vaqt (soat) jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani so‘raladi.

Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar – dekabr holatiga jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi erkaklar ulushi 68,8 foizni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishdagi ko‘rsatkich 2021-yilda 66 foizni, 2022-yilda 67,3 foizni tashkil etgan. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!